Sement zavodiga tamal toshi qo'yishga bag'ishalangan tantanali marosim

28.05.2019

  Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Janubiy Koreyaning "NCG Engineering Co., Ltd" kompaniyasi bilan hamkorlikda quriladigan yirik sement zavodiga ilk tamal toshi qo'yishning tantanali marosimi o'tkazildi. 

  Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda "NCG Engineering Co., Ltd." kompaniyasi bosh direktori Jang Il Kweon ishtirok etdi.

  Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi mavjud xom-ashyo resurslarini o‘zlashtirish, yangidan-yangi yirik sanoat korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Loyiha qiymati 170 million dollar bo‘lgan zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi.

Korxona mahsulotlari ichki bozor talbalarini to‘ldildirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 400dan ortiq mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Nafaqat Surxondaryo viloyati, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadigan ushbu yirik sement zavodi 2021 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.